“DISKONT” savdo belgisi ostida faoliyat yuritayorgan “KOMETA SHOP” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2019-yilning dekabr oyida tashkil etilgan. 4 yildan buyon yurdoshlarimiz uchun arzon narxlarda elektronika va maishiy texnika vositalarini taqdim etmoqda. Mijozlarimiz hech qanday qiyinchiliklarsiz muddatli to’lov (halol nasiya) va naqd (bir martalik) to’lov asosida xarid qilishlari mumkin. Hozirgi vaqtda Diskont do’konlar tarmog’ining O‘zbekiston bo‘ylab 18 ta do‘konlari xalq xizmatida. Keng assortimentga ega bo’lgan do’konlarda mahsulotlar sertifikatlangan va ishlab chiqaruvchi kafolatiga ega.Diskont do’konlaridan xarid qilishning yana bir qulay tomoni shundaki, mijozlarga texnikalar haqida to’liq ma’lumot beriladi va taqqoslab ko’rish imkoniyati mavjud. Xarid qilish uchun istalgan to’lov uslubidan hamda Click, Payme, Uzum kabi ko’plab elektron to’lov tizimlaridan foydalanish mumkin.